ATAMALAR

Absissisa―uzilgan, ajratilgan, ma’no jixatidan—uzunlik. Chizmada x o‘qini bildiradi.

Aplicata―zich yotuvchi, ma’no jixatidan—balandlik. Chizmada z o‘qini bildiradi.

Apparel― fransuz tilida texnikada ishlatiladigan nishob tekislikni hosil qiluvchi moslama apparel deb ataladi. Ko‘tariluvchi  yoki tushuvchi yo‘lni apparel deyish kelishilgan.

Bef (fr. bief) ―suv havzasi, daryo yoki kanalning gidrotexnika inshootlariga tutashgan qismi.

Berma―(polyakcha berma) gidrotexnik inshoot nishobidagi gorizontal maydon. 

Bergshtrix―nishoblik yo‘nalishi va baland tomonini ko‘rsatuvchi shartli belgilar. Bergshtrixlar sirtning yuqori tomoniga, sirt gorizontallariga perpendikulyar qilib qo‘yiladi. Bergshtrix bajariladigan yuzaning uchdan ikki qismi ingichka uzun va uchdan bir qismi qalin kalta chiziqlar bilan shtrixlanadi.

Gipsometrik usul―(yunoncha hypsos-balandlik, metreo-o‘lchayman) geografik haritalarda yer yuzasi relefini gorizontallar yordamida tasvirlash usullaridan biri. Masshtabi va joy relefining xususuyatiga qarab, ma’lum balandlikni belgilaydigan gorizontallar yoki izogipelar (mutlaq balandligi bir xil bo’lgan nuqtalarni tutashtiruvchi chiziqlar) o‘tkaziladi. Balandlik va chuqurlik shkalasi sifatida ranglardan foydalaniladi.

Dyuker (qaynama) kanal suvini to‘siqlar tagidan olib o‘tishga mo‘ljallangan suv o‘tkazuvchi yopiq inshoot.

Damba―suv yo‘lida uning sathini ko‘tarish uchun xizmat qiladigan  to‘siq.

Damba toji ― damba yoki to‘g‘onning yuqorisidagi gorizontal maydoncha. Gorizontal proyeksiya tekisligi―Horizont so‘zidan olingan, proyeksiya tekisliklaridan biri. Lotincha H harfi bilan belgilanadi.

Ikki yoqli burchak ― ikki kesishuvchi tekislikdan hosil bo‘lagan burchak ikki yoqli burchak deyiladi. Ikki yoqli burchak tekisliklarning kesishuv chizig‘iga perpendikulyar bo‘lgan telislikda o‘lchanadi.

Monografik proyeksiya―bitta proyeksiya tekisligi ishlatilgan tasvirlar. Orfografik tasvirlar bilan sinonim xolda ishlatiladi.

Joyni  rejalash― yer sirtini rejalashtirishga (tekislashga) muayyan maydon relefini to‘g‘rilash, berilgan Nishoblikka moslab tekislash maqsadida bajariladigan tuproq ishlari.

Katet― yunoncha so‘z bo‘lib perpendikulyar degan ma’noni beradi.

Kyuvet―(fransuzcha-tog‘ora) oqova suvlarni olib chiqib ketish uchun mo‘ljallangan ariq.

Kotlovan―qurilayotgan inshoot asosi uchun qazilgan joyga aytiladi.  

Koordinata―nuqtaning fazodagi (to‘g‘ri chiziqdagi, tekislikdagi) joylashuvini belgilovchi qiymat. Fazo nuqtalarining koordinatalari to‘plami koordinatalar sistemasi deyiladi.

Kompyuter grafikasi―komyuter monitorida tasvir (rasm) yaratish, unga bog‘liq bo‘lgan ma’lumotlarni qayta ishlash, ularni chop etish yoki qurish jaroyonlarini o‘z ichiga olgan faoliyat.  

Koordinata o‘qlari―proyeksiya tekisliklarining kesishuvidan hosil bo‘lgan chiziqlar. Lotin alifbosining kichizk harflari x, y, z qilib belgilanishi XVIII asrda yashgan Jerar Dezarg tomonidan kiritilgan.

Ko‘tarilish―kesma uchlarining balandliklar ayirmasi.

Konusli nishoblik―to‘g‘ri chziqli yasovchisi hamma vaqt qo‘zg‘almas nuqtadan o‘tib, tekis egri chiziqli yo‘naltiruvchi bo‘ylab harakatlanishidan hosil bo‘lgan sirt.

Loyihalash―hali mavjud bo‘lmagan ob’ektni berilgan sharoitlarda qurish uchun tasvirlash jarayonini yaratish.

Ordinata―„ordinatus“ tartiblangan, ma’no jixatidan—kenglik degani. Chizmada y o‘qini bildiradi.

Orfografiya (grekcha ορθογραφία [oɾθoɣɾaˈfia], ὀρθός — «to‘g‘ri, tik, rostgo‘y, xaqiqatparvar» ma‘nosida, va γράφω — «yozish»…monografik chizma degan ma’noda ishlatiladi.

Ortogravik proyeksiya―kartografik proyeksiyalashning bir turi. Perspektiv yoki azimutli proyeksiya ham deyiladi. Bunda sfera urinma yoki kesuvchi tekislikka proyeksiyalanadi. Chetga borgani sari shakllarning o‘zgarish kooffisenti ortib ketadi.

Ortogonal―grekcha orto-to‘g‘ri, goniya-burchk degani

O nuqta― fransuz matematigi F. Lair 1679 yilda taklif qilgan terminologiyadagi O (orgine-boshlanish) harfi haligacha sistema boshlang‘ich nuqtasini belgilaydi. Shuning uchun ba’zi adabiyotlarda koordinata o‘qlarini Ox, Oy, Oz kabi belgilanishini ko‘rish mumkin.

Og‘ish burchagi―to‘g‘ri chiziq yoki tekislikni proyeksiya tekisliklari bilan hosil qilgan burchagi. H tekslikkka nisbatan og‘ish burcahgini yiqilish burchagi deb ham ataladi.

Oktant―grekcha sakkiz degani. Chizmada fazoning sakkizdan bir qismi tushuniladi. O‘zaro perpendikulyar bo‘lgan uchta tekislik bilan fazoni qismlarga ajratish. 

Otmivka usuli―mahalliy rel’efni o‘tuvchi soyalar (gradient) yordamida tasvirlash usuli. Ko‘pincha o‘tkir burchak ostida, bazan tik (zenith) yoritilish bilan ishlanadi. Rel’efni bo‘rttirilgan xoldagi ilyuzasini bergani uchun karta ancha ko‘rimli chiqadi.    

Promilla―‰ belgi bilan ifodalanadi va butunning mingdan bir qismni bildiradi.

Plan ― plan deb, inshoot yoki joy konturi gorizontal proyeksiyasining o‘xshash holda kichraytirib tushirilgan tasvirga aytiladi.

Profil proyeksiya tekisligi―lotincha yondan ko‘rinish, proyeksiya tekisliklaridan biri.

Proyeksiya tekisligi― asosiy proyeksiyalash usuli elementlaridan biri. Proyeksiya markazidan chiquvchi nurlar bilan kesishib proyeksiya hosil bo‘ladigan tekislik.

Ob’ektni proyeksiyalash natijasida tasvir hosil qilinadigan tekislik. Proyeksiya tekisliklari bir tomonlama tekisliklar hisoblanadi. Proyeksiya tekisligining orqasida, oldida, ustida, ostida deyish matematik jixatdan noto‘g‘ridir.

Proyeksiya markazi―asosiy proyeksiyalash usulidagi element. Barcha proyeksiyalovchi nurlar shu nuqtadan chiqariladi.

Proyeksiyalovchi nur― asosiy proyeksiyalash usuli elementlaridan biri. Proyeksiya markazini fazodagi nuqta bilan birlashtiruvchi  nur.

Prallel proyeksiyalash― proyeksiyalash usullaridan biri. Proyeksiya markazininig  proyeksiya tekisligidan cheksiz uzoqlashtirilishi bilan hosil qilinadi. Proyeksiya markazidan chiqayotgan nurlar o‘zaro parallel deb qabul qilinadi.

Frontal proyeksiya tekisligi― front—lotincha oldinda, proyeksiya tekisliklaridan biri. Lotincah V harfi bilan belgilash kelishilgan.

Epyur ― fransuzcha tekis chizma degani, kompleks chizma deb ham ataladi.

Muhandislik grafikasi―muhandislik amaliyotida grafik ishlarni bajarish uchun zarur fanlar (chzma geometriya, perspektiva nazariyasiu, texnikaviy chizmachilik, arxitektura, rassomlik va shu kabilar) majmui.

Qiyalik masshtabi―tekislik gorizontallarga perpendikulyar o‘tkazilgan va darajalangan eng kata og‘ish chizig‘ini ifodalaydi. Kelishuvga ko‘ra bu chiziq bitta ingichka va bitta qalin bo‘lgan qo‘shaloq chiziq bilan ko‘rsatiladi.

 Qirg‘oq (brovka) ―yer sathi yoki kanal tubining kanal yonbag‘ir nishobliklari bilan kesishishidan hosil bo‘lgan chiziq

Qo‘yma ― to‘g‘ri chiziq kesmasining H0 tekislikdagi proyeksiyasi

Qiyalik―ko‘tarilishning quymaga bo‘lgan nisbati to‘g‘ri chiziqning qiyaligi deyiladi. Qiyalik i  harfi bilan belgilanadi.

Quyi bef―daryoning to‘g‘on o‘qidan pastda joylashgan qismi.

Quyi  nishob, quruq nishob―to‘g‘onning quyi bef tomondagi yonbag‘ri.

Interval―balandliklarning farqi bir birlikka teng bo‘lgan ikki nuqta orasidagi gorizontal masofa to‘g‘ri chiziqning intervali deyiladi.

Normal― egri chiziqqa (sirtga) uning berilgan nuqtasidan o‘tuvchi va egri chiziqqa  (sirtga) shu nuqtada o‘tkazilgan urinma to‘g‘ri chiziqqa (urinma tekislikka) perpendikulyar bo‘lgan to‘g‘ri chiziq.

Suv taqsimlagich―daryo, kanala kabi kata suv manbalaridan kichik ariq yoki mayda kanallarga suv taqsimlash uchun xizmat qiladigan gidrotexnik inshoot. 

Shovva, shalola, sharsahra―daryo va kanallarda suvning yuqoridan tik pastlikka shiddat bilan quyilib tushadigan joyi. Ko‘tarilishning qo‘ymaga bo‘lgan nisbati birdan katta bo‘lgan holat.

Son belgili proyeksiyalar ― predmetlarning proyeksiyalar tekisligi sifatida qabul qilingan gorizontal tekislikka nisbatan olisligini ko‘rsatuvchi sonlar bilan ifodalangan to‘g‘ri burchakli proyeksyalari son belgili proyeksiyalar deyiladi.

Teskari proporssional miqdorlar― shunday ikki x va y miqdorki, ulardan birio‘zgarmay qolsa, ya’ni xy=k bo‘lsa, u holda bunday miqdorlar teskari proporssional miqdorlar deyiladi. Geometrik talqinda 1-rasmda ko‘rsatlgan holat

Tekislash―ekin maydonidagi baland joylar tuprog‘ini past joylarga keltirib to‘kish, ya’ni undagi past-balandlikni, o‘nqir-cho‘nqir joylarni bartaraf etish orqali shu maydon yuzasida zarur nishoblikka erishish.

Tekislash ishlari―muayyan maydon relefini to‘g‘rilash, berilgan nishoblikka moslab tekislash maqsadida bajariladigan tuproq ishlari.

Tezoqar― beflarni tutashtiruvchi inshootlardan biri. Ko‘tarilishning qo‘ymaga bo‘lgan nisbati birdan kichik bo‘lgan holat.

Tunnel―to‘siqlar orqali suv o‘tkazib beruvchi inshootlardan biri. Tunnel deb gorizontal yoki qiyalagan, uzunligi kengligi va balandligiga nisbatan anchagina katta bo‘lgan  yer osti inshootiga aytiladi.

To‘g‘on―sun’iy yoki tabiiy suv yo‘llarini to‘sish uchun turli matriallardan quriladigan gidrotesnika inshooti.

Tor― (lat. torus-shishiradi, bo‘rtib chiqadi, tugun, rulon), aylananing bu doira tekisligida yotgan, lekin uni kesib o‘tmaydigan to‘g‘ri chiziq atrofida aylanishi natijasida hosil bo‘lgan geometrik jism.

Tors―grekcha tana deganui. Inson tanasining qo‘l-oyoq, bo‘yin boshsiz qismi (hayvonlarda dumsiz) Geometriyada tors – bu to‘g‘ri chiziqli yasovchining qaytish qirrali fazoviy egri chziqdan iborat yo‘naltiruvchiga muntazam ravishda urinib o‘tishidan xosil bo‘lgan sirt. Torslar yoyiluvchi sirt hisoblanadi.

Torsning hususiy holatlari:

Konus sirti —unda qaytish qirrasi konus uchida bir nuqtaga aylanadi.

Silindrik sirt — unda qaytish qirrasi cheksizlikda bo‘ladi.

Yuqori bef―daryoning to‘g‘on o‘qidan yuqorida joylashgan qismi.

Yuqori nishob, yoki ho‘l nishob―to‘g‘onning yuqori bef tomondagi yonbag‘ri.

Yiqilish burchagi―to‘g‘ri chiziq yoki tekislikni gorizontal proyeksiya tekisligi bilan hosil qilgan burchagi.

Yo‘naltiruvchi―biror chiziq yoki sirtning harakat yo‘nalishini ko‘rsatuvchi qo‘zg‘almas egri yoki siniq chiziq.

Yasovchi―o‘z harakati natijasida sirt hosil qiluvchi chiziq.

Fazo―o‘lchovlari cheksiz soha. Jizmning fazoviy koordinatalari u bilan ayni bir paytda mavjud bo‘lgan boshqa bir jismga nisbatan olinadi. Fazo geometriyada cheksiz nuqtalar to‘plami deb faraz qilinadi.

Fazoviy tasavvur qilish―biror buyumni fikran ko‘z oldiga keltirish, uni berilgan tasviri, masalan, ortogonal proyeksiyalari bo‘yicha yaqqol gavdalantirib ko‘ra bilish.

Chorak ―forscha to‘rt degani. Chizmada fazoning to‘rtdan bir qismi tushuniladi.

O‘zaro perpendikulyar bo‘lgan ikkita tekislik bilan fazoni qismlarga ajratish.

Chiziqli msshtab―haritalarda yoki chizmalarda ko‘rsatilgan tasvirning o‘lchov shkalasi, biri ingichka biri qalin bo‘lgan qo‘shaloq va darajalangan chiziq. Uzunlik birligi sifatida  qabul qilingan kesma masshtab asosi deb ataladi.

Vertikal proyeksiya tekisligi―lotincha tik, gorizontal proyeksiya tekisligiga perpendikulyar bo‘lgan proyeksiya tekisliklari. Bu proyeksiya tekisligi lotincha V (Vertikal so‘zining bosh harfi) yoki W   harflari bilan belgilanadi.

Yoyilma―jism yuzasini tekislik bilan jipslashtirishdan hosil bo‘lgan tekis shakl.

Barcha ko‘pyoqliklar yoyiluvchi sirtlarga kiradi.  

Yuza―tekis yopiq chiziq bilan chegaralangan sirt bo‘lagi.

Прокрутить вверх